<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Ruhan tirikman</title>
<lyrics>[V1]
 Xudoning Oʻgʻliga
 Boʻlgan imonim
 Kundan kun poklaydi
 Tanamda qonim.
 Bugun uygʻoq ruhim
 Uygʻoq vijdonim
 Oʻliklar ichida
 Tirikman bugun

[V2]
 Otam boʻldi Xudo
 Rabbim orqali
 Ruhimda ulgʻayish
 Qalbim orqali.
 Porloq kelajak bor
 Doʻstlarim xali
 Oʻliklar ichida
 Ruhan tirikman

[V3]
 Ikki dunyo aro
 Yashayabman chin
 Ruhning xuzurida
 Qurib olib in.
 Muqaddas qon bilan
 Yuvilib xar kun
 Oʻliklar ichida
 Ruhan tirikman

[V4]
 Azaliy rejasi
 Shudir Xudoning
 Masih nur tark etma
 Aslo ziyoni
 Kuchi bor har bitta
 Qilgan duoni
 Oʻliklar ichida
 Ruhan tirikman

[V5]
 Xushxabar yetgusi
 Har bir elatga
 Ishondim bir buyuk
 Bu INOYATGA
 Mehri solar meni
 Har kun hayratga
 Oʻliklar ichida
 Ruhan tirikman

[V6]
 Olqishim toshadi
 Har tong dilimdan
 Hayot soʻzi yangrar
 Har tong tilimdan
 Bu bebaho boylik
 Yashiray kimdan?
 Oʻliklar ichida
 Ruhan tirikman

[V7]
 Ota ulugʻlaning
 Soʻzimda takror
 Har bitta ishimda,
 Izimda takror.
 Ulugʻlaning har kun
 Oʻzimda takror
 Oʻliklar ichida
 Ruhan tirikman
 Otam ishlariga</lyrics>
<author>Ravshan Xizirov, Sobir</author>
</song>